Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:15

Rossiya bo‘ylab norozilik aktsiyalari o‘tkazildi


Moskvadagi "Oq xalqa" aktsiyasi ishtirokchilari.
Moskvadagi "Oq xalqa" aktsiyasi ishtirokchilari.
Rossiyaning qator shaharlarida “Adolatli saylovlar” kampaniyasi doirasida qator aktsiyalar o‘tkazildi.

Samara shahrida bir necha yuz odam mahalliy ma‘muriyat binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Tomsk shahrida "Putinsiz Rossiya" shiori ostida uyushtirilgan yurishda qariyb bir ming odam qatnashdi.

Shu kabi tadbirlar Chelyabinsk, Arxangelsk, Barnaul, Kemerovo, Ijevske, Novosibirsk, Rostove-na-Donu, Krasnoyarsk shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Moskvaning Inqilob maydonida esa “Siyosiy qishni kuzatish” nomi ostida aktsiya uyushtirildi.

Tadbir bo‘layotgan maydonda politsiya kuchlari navbatchilik qildi.

Ichki ishlar vazirligi xodimlari metrodan Inqilob maydoniga chiqish joyini yopib qo‘ydi.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, avvaldan kelishilmagan tabdir qatnashchilaridan bir necha kishi hibsga olingan.

Davlat Dumasi deputati Ilya Ponomaryov Tvitter orqali: “Qo‘g‘irchoq va benzin ko‘tarib olgan uch faol ushlandi. Politsiya boshqalarga tegmadi”, deb yozdi.
XS
SM
MD
LG