Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:13

O‘zbekiston Misr va Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi


O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga, Milliy terma jamoasi esa o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi.

Dubayda Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Chongju shahridagi “WorldCup" stadionida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini 2:4 hisobida yutqazdi.

Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvidagi qiziqarli vaziyatlar va gollar videosi:




Milliy terma jamoa 26 fevral kuni Seuldan Nagoya shahriga jo‘nab ketadi. U yerda 29 fevral kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya bilan uchrashuv 2014 yilgi Jahon chempionati uchinchi yakuniy saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatamiz, FIFAning Intizom qo'mitasi joriy etgan jarima tufayli Yaponiyaga qarshi o'yinda O'zekiston termasidan besh o'yinchi - Shavkat Mullajonov, Sanjar Tursunov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Server Jeperov va Vagiz Guliulinlar maydonga tushmaydi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov "haddan tashqari keskin" deya baholagan FIFA qaroriga ko'ra, yuqorida nomlangan o'yinchilar Jahon chempionati saralash o'yinlarining to'rtinchi bosqichidagi birinchi o'yinida ham qatnasha olmaydilar.
XS
SM
MD
LG