Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:27

OTB O‘zbekistonga $ 26 million qarz ajratadi


Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) imtiyozli krediti hisobiga Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Koytash” suv inshooti, shuningdek, Zafarobod va Arnasoy tumanlaridagi suv ta‘minoti tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ishlari boshlanishi rejalangan.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, qarzning 5,7 million dollari mashina va boshqa uskunalar sotib olishga, 19 million dollari qurilish ishlariga sarflanishi mo‘ljallangan.

Loyiha doirasida 55 kilometrlik ichimlik suvi quvurlarini rekonstruktsiya qilish va 33 kilometr uzunlikda yangi quvurlar yotqizish mo‘ljallangan.

Loyiha 2016 yilga qadar to‘liq amalga oshirilishi rejalangan.

OTB to‘rtta loyihani amalga oshirish uchun shu oy O‘zbekistonga 508 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratgan edi.

O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda OTB tomonidan umumiy qiymati 8,6 milliard AQSh dollariga teng 35 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.
XS
SM
MD
LG