Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:34

Obid qoriga suiqasd qilindi¸ ammo muxlislar sassiz


Obidxon qori Nazarov 2006 yildan beri Shvetsiyada yashab keladi.
Obidxon qori Nazarov 2006 yildan beri Shvetsiyada yashab keladi.

Taniqli imom va siyosiy dissident hayotiga Shvetsiyada qasd qilingani ham o‘zbekistonlik musulmonlar sukutini buza olmadi.

Taniqli imom Obid qori Nazarovga suiqasd qilinganiga besh kun bo‘ldi.

Orada o‘tgan vaqt mobaynida Germaniya parlamentidagi Yashillar partiyasi vakili Viola Fon Kramon Shvetsiya hukumatini o‘zbekistonlik imom Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasd yuzasidan jiddiy tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Bu orada “O‘tyuraklar” xalqaro inson huquqlari tashkiloti va “LIGLIS-CENTER” siyosiy tadqiqotlar markazi 24 fevral kuni e‘lon qilgan bayonotda Obidxon qori hayotiga suiqasd uyushtirilganidan taassuf bildirdi.

Ayni paytda Obid qoriga o‘zini muxlis hisoblagan o‘zbek musulmon yoshlari suiqasd hodisasiga e‘tirozlarini ochiq tarzda bayon qilishmadi.

Robitai Islom¸ Islom konferentsiyasi tashkilotlari kabi tuzilmalar ham bu haqda biror bayonot berishmadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlaridan biri (ismini aytmaslikni biz ma‘qul ko‘rdik) Ozodlik bilan suhbatda Obid qoriga qilingan suiqasddan g‘amgin bo‘lgani va qori aka sog‘ayib ketishi uchun duo qilayotganini bildirdi.

Ayni paytda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman suiqasd yuzasidan bayonot bermadi.

Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasd yuzasidan o‘zbek dindorlarining sukunati rozilik alomatimi?

Abdulla O‘tayev va Abduvali qori Mirzayevning sirli tarzda g‘oyib bo‘lishi¸ diniy voiz Xayrulla Hamidovning qamoqqa olinishi¸ Zayniddin Asqarov kabi e‘tiqod mahbuslarining qamoqda o‘ldirilishi ham ayni shunday sukunat bilan qarshi olingan edi.

Nega o‘zbek dindorlarini Xalqaro amnistiya¸ HRW¸ Forum 19 kabi tashkilotlar va Yelena Urlayeva¸ Mo‘‘tabar Tojiboyeva kabi faollargina himoya qilishi kerak?

O‘zbek musulmonlarining o‘zlariga bo‘layotgan zulmga qarshi sassizligini nima bilan izohlash mumkin?

Bu savollarni Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida muhokama qildik.

Eshittirishda xorijdagi o‘zbekistonlik fuqaroviy jamiyat faollari Kamoliddin Rabbimov¸ Mo‘‘tabar Tojiboyeva ishtirok qildi.

Shuningdek Obid qori Nazarovning AQShdagi muxlisi Ahmadjon¸ e‘tiqodi bois O‘zbekistonni tark qilib Turkiyada yashayotgan mulla Musa¸ Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomida yashayotgan imom Muhammadsolih Abutov ham eshittirish qatnashchisi bo‘ldi.

Eshittirishda Obid qori Nazarov bilan 2011 yil 26 sentyabr kungi suhbatdan parchalar ishlatildi.

"Qurultoy" eshittirishini quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.



Obid qori Nazarov bilan 2011 yil 26 sentyabrdagi suhbatning to‘liq variantini esa quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG