Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:41

"O‘rmonda ham yashaydigan mardikorlar bor"


Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik Rustamjonga ko‘ra, o‘zbek mardikorlari ilojsizlikdan duch kelgan joyda yashaydilar.

"It yotish, mirza turish”. Bu ibora qanchalik xunuk eshitilmasin, Sankt-Peterburgdan skayp orqali biz bilan bog‘langan Rustamjonning aytganlarini eshitar ekansiz, u bot-bot xayolingizdan o‘taveradi.

Mehnat muhojiri Rustamjonning aytishicha, u yashaydigan 2 xonali kvartirada o‘zidan tashqari yana 12 kishi istiqomat qiladi.

Voy-buu, deb hayratlanmang, chunki Rustamjon va uning kvartiradoshlarini shohona yashayapti, deyish mumkin.

Lekin aftidan bu shohona hayot ham yakuniga yetay deb turibdi. Kuni kecha ulardan kvartirani bo‘shatib qo‘yishni talab qildilar.

- Asosiy problema shu. Yotoq masalasi, uy-joy masalasida.

Ozodlik: Necha xonali kvartirada turasizlar?

- Ikki xonali.

Ozodlik: Necha kishi turadi ikki xonali kvartirada?

- 10 kishi, 12 kishi bo‘ldik.

Ozodlik: Hozir kuchukning ovozi eshitilayapti. Kuchuk ham sizlar bilan turadimi?

- Yo‘q, men hozir pod‘ezdga chiqdim.

Ozodlik: Rustamjon, 12 kishi turamiz deyapsiz. Kvartirada nima bor? Tasvirlab bera olasizmi?

- Kvartirada faqat gaz plita, xolodilnik, stol-stulimiz bor. Boshqa hech narsa yo‘q.

Ozodlik: Yotish uchun karavotlar bormi?

- Yo‘q, karavotlar yo‘q. Biz polga to‘shak to‘shab yotamiz. Endi hozir bolalar majburlikdan vagonlarda yotishibdi. Qurilishlarda. Keyin tashlandiq yerto‘lalarda yotishadi. Sal havo isigandan keyin bolalar o‘rmonda yotishadi. Keyin o‘zbeklar baland uylarning tomida uxlashadi. Mol fermalarida yotishadi. Biz endi buni ayb sanamaymiz. Hammamiz ishlagani kelganmiz. Yotoq joyi bunaqa ekan deb gap topmaymiz. Tanqid qilmaymiz.

Ozodlik: Agar sizlarni yashab turgan kvartiradan chiqarishsa nima qilasizlar?

- Endi meni boradigan joyim bor. Tanishlarim ko‘p. Qarindoshlarim bor. Lekin boshqa bolalarni boradigan joyi yo‘qda.

Ozodlik: Sankt-Peterburgda muhojirlar uchun yotoqxona bor. Nega shu joyga bormaysiz?

- Endi u yerda sharoit yo‘q deb aytishgan. Odam ko‘p. Kirdi-chiqdi ko‘p bo‘ladi. Agar sharoiti yaxshi bo‘lsa albatta yashagan bo‘lardim. 60 ming- 70 ming rublga kvartira ijaraga oladi. 60 ming rublingiz ham 2000 dollar bo‘ladi. Oshib yotgan pulimiz yo‘q, deydi Sankt-Peterburgdan qo‘ng‘iroq qilgan Rustamjon.
XS
SM
MD
LG