Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:35

Miyatovich: "Fergana.Ru"ga qo‘yilgan to‘siq olib tashlanishi kerak


YeXHTning matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich.
YeXHTning matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich.

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Qirg‘iziston hukumatini Fergana.Ru saytiga qo‘yilgan to‘siqni olib tashlashga chaqirdi.

YeXHTning matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich Qirg‘iziston rahbariyatini Fergana.Ru saytini to‘sishni bas qilish va mamlakatda Internet erkinligini ta‘minlashga chaqirdi.

- Sudni qarorisiz Fergana.Ru saytiga qo‘yilgan to‘siq olib tashlanishi kerak. Internetda to‘siq qo‘yish Qirg‘izistonning axborot vositalari erkinligi borasida olgan majburiyatlariga ziddir, - deya ta‘kidladi Miyatovich.

O‘tgan hafta Qirg‘iztelekom provayderi Markaziy Osiyodagi voqealarni keng yoritib keladigan mashhur Fergana.ru sahifasini yopib qo‘ygani haqda xabar qilingan edi. Provayder bunga hukumat qarori asos bo‘lganini bildirgandi.

Qirg‘iziston parlamenti Fergana.ru agentligi chop etayotgan maqolalarni millatchilik va ekstremistik xarakterga ega, deb topgan.

Deputatlar mazkur sahifa maqolalari provokatsion hamda milliy adovat va ziddiyat keltirib chiqaradi, degan ishonch bilan bir necha bor Fergana.runi yopishga uringanlar ham.

- Parlament deputatlari ommaviy axborot vositalari faoliyatini cheklovchi emas, balki rag‘batlantiruvchi, ularni erkinligini kafolatlovchi qonunlarni qabul qilishi kerak. Men bu haqda Jo‘g‘o‘rqu Kenesh raisi Asilbek Jeenbekovga yo‘llagan maktubimda ham eslatganman, - dedi YeXHTning matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich.

Qirg‘izistonda "Qirg‘iztelekom"dan tashqari boshqa internet provayderlari ham faoliyat yuritadi.

Ularga ham Qirg‘iziston davlat aloqa agentligidan saytni yopish borasida qaror kelib tushgani yo yo‘qligi hozircha tasdiqlanmagan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti ham Qirg‘izistonda Fergana.runing yopib qo‘yilishini keskin qoralagan edi.

Fergana.ru O‘zbekistonda ham to‘la ta‘qiqlangan o‘nlab mustaqil nashrlarning biridir.
XS
SM
MD
LG