Линклар

logo-print
Afg‘onistonda qo‘shni Pokiston va Eron foydasiga josuslik qilganlikda gumonlangan to‘rt rasmiy qo‘lga olindi.

Afg‘oniston Milliy xavfsizlik agentligi matbuot kotibi Lutfilla Mash‘al ular “ishonchli dalillar” bilan hibsga olinganini bildirdi.

Mash‘al voqea haqda qo‘shimcha ma‘lumot berishdan bosh tortdi.

Afg‘oniston razvedka xizmatidagi o‘z ismi oshkor etilmasligini so‘ragan man‘baning muxbirlarga aytishicha, Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘limidagi yuqori lavozimli rasmiy Pokiston harbiy razvedkasiga ma‘lumotlar berib kelganlikda ayblanmoqda.

Josuslikda gumon qilingan hukumatning boshqa uch rasmiysi Nangarxor, Farah va Xirot viloyatlarida qo‘lga olingan.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bir oycha oldin bo‘lgani aytilayotgan bu voqealarga shu paytgacha izoh bermadi.
XS
SM
MD
LG