Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:03

O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi o‘tkazgan saylovda 600 nafar Rossiya fuqarosi ishtirok etdi.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi o‘tkazgan saylovda 600 nafar Rossiya fuqarosi ishtirok etdi.

O‘zbekistonda yashayotgan rossiyaliklar muddatdan oldin Rossiya prezidenti saylovlarida ishtirok etdilar. Saylovchilar orasida Putin va Proxorov tarafdorlari ko‘pligi aytilmoqda.

19, 25 va 26 fevral kunlari Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Olmaliq, Andijon, Zarafshon, Navoi, Samarqand, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida muddatdan oldin prezident saylovlari o‘tkazildi.

Bu ma‘lumotni Ozodlikka tasdiqlagan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi press-attashesi Sergey Tkachenko O‘zbekistonda o‘tkazilgan dastlabki saylov natijalari 4 mart kuni e‘lon qilinishini ma‘lum qildi.

- Toshkentdagi elchixonada saylov 4 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Oldin o‘tkazilgan saylovlar urnalari muhrlangan holatda yopiq kabinetda saqlanmoqda. Urnalar 4 mart kuni soat 20:00 dan keyin ochiladi va o‘shanda natijalar kuzatuvchilar oldida e‘lon qilinadi, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy xodimi Sergey Tkachenko.

Rossiya elchixonasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 40 mingdan ortiqroq rossiyalik istiqomat qiladi va o‘tgan yakshanba kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Rossiya Prezidenti saylovlarida ulardan 600 dan ziyodrog‘i ovoz berishda ishtirok etgan.

26 fevral kuni Andijon shahrida ham saylov bo‘lib o‘tdi. Uni o‘tkazishda bevosita ishtirok etgan Andijon viloyati rus madaniy markazi rahbari Aleksey Petrov O‘zbekistonda ovozlarning asosiy qismi Vladimir Putinga tegadi, degan fikrda.

- Andijon viloyatimizda Rossiya fuqarolari istiqomat qiladi. O‘tgan yakshanba, 26 fevral kuni, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muddatdan oldin Prezident saylovlarini tashkil etdi. Ular Andijon va Farg‘onaga kelishdi. Bizga alohida xona ajratildi, barcha kerakli jihozlar bilan ta‘minlandi. Saylovchilarning ko‘pchiligi Putinga ovoz berganini aytishayotgan edi, yana bilmadim, natijalar 4 mart kuni e‘lon qilinar ekan, dedi Andijondagi rus madaniy markazi vakili Aleksey Petrov.

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolarining asosiy qismi Toshkent shahri va viloyatida yashaydi.

Toshkent viloyatida yashayotgan Rossiya fuqarolari Ozodlik bilan suhbatda milliarder oligarx Mixail Proxorovga ovoz berishlarini aytishmoqda.

Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati sobiq ekskavatorchisi, hozirda Toshkentda yashayotgan Miniboriy Valiyev Mixail Proxorovning ashaddiy tarafdorlaridan biridir. Oldingi saylovlarda Vladimir Putinga va keyinchalik Dmitriy Medvedevga ovoz bergan Valiyev ikki sobiq prezident uning ishonchini oqlamaganini aytadi.

- Chunki yoshlarga yo‘l berish kerak. Bu qariyalar Sovet davridan beri jonga tegdi. To‘g‘ri, Putin yaxshi deylik, lekin biz uchun biror yangilik yoki o‘zgarish qilingani yo‘q. Biz unutilganmiz bu yerda. Ruslarga hech qayerda hurmat qolmadi. Bizni hama joyda turtkilashadi, vaholanki barcha atrofimizdagi davlatlar bizning hisobimizga tirikchiligi o‘tib turibdi. Bu yerdagi rossiyaliklar esa o‘zi bilan o‘zi ovora, tirikchiligi o‘tib tursa bo‘ldi. Masalan, meni mutlaqo asossiz ishdan bo‘shatib yuborishdi va men kimga o‘z haqlarimni himoya qilish talabi bilan murojaat qilishni ham bilmayman, deydi Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati sobiq ekskavatorchisi, hozirda nogiron Miniboriy Valiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kombinatda umurtqasidan jarohat olganidan keyin biror moddiy yoki tibbiy yordamsiz u asossiz ishdan bo‘shatib yuborilgan. Valiyev Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan tortib mahalliy sud instantsiyalarigacha qilgan murojaatlari javobsiz qolganini qo‘shimcha qildi.

Toshkentlik inson huquqlari faoli Yelena Urlayeva Putin hokimiyati davrida Rossiyadan tashqarida yashayotgan ruslar va rossiyaliklar mutlaqo huquqsiz qatlamga aylanib qolganini gapiradi.

- U yerga ketib azobda yurganlar qancha, hech qanday yordam berilmayapti, uy-joyli bo‘lib yashayotganlar deyarli yo‘q. Bu yerda rossiyaliklar tashlab ketilgan, doimiy ta‘qib ostida, u yerga ketsa ham shu ahvol. Rossiyada hatto fuqarolar haqlari himoyasi masalasi mutlaqo ko‘tarilayotgani yo‘q. Medvedev davrida ham biz himoya ostida ekanimizni mutlaqo his etmadik. Putin yozayotgan maqolalarda mavhum fikrlar berimoqda, quruq safsata. Shu sababli men bu yerda uchratgan rossiyaliklarning asosiy qismi Proxorovga ovoz berishlarini gapirmoqda, deydi huquq himoyachisi Yelena Urlayeva.

Huquq faolining Ozodlikka aytishicha, Rossiya hukumati katta dabdaba bilan e‘lon qilgan Vatandoshlarni ko‘chirish dasturi mutlaqo natija bermagan va undan deyarli hech kim foydalana olmagan.

Toshkentdagi Rossiya elchixonasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, joriy yilning 4 mart kungi Rossiya prezidenti saylovi elchixonaning o‘zida soat 8 dan 20 gacha davom etadi va unda 18 kirgan Rossiya fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
XS
SM
MD
LG