Линклар

logo-print
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining saralash o'yinlari 3-bosqichi doirasida Osiyoning eng kuchli termasi - Yaponiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bellashuv Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘ladi. Ta‘kidlash joiz, "C" guruhida bellashayotgan O‘zbekiston va Yaponiya jamoalari keyingi bosqich saralash o‘yinlariga muddatidan oldin yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lishgan.

Bugungi o'yin O'zbekiston terma jamoasi uchun qiyin bo'lishi kutilmoqda. Chunki jamoamiz asosiy tarkibiga kirgan bir nechta o'yinchi Yaponiyaga qarshi maydonga tushirilmaydi.

Eslatamiz, FIFA yaqinda O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar o‘yinchisini tojikistonlik raqiblariga qarshi so‘nggi uchrashuvlaridan kelib chiqib jazolagan edi.

Ular orasida jamoa sardori Server Jeparov, Shavkatjon Mullajonov, Sanjar Tursunov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Vagiz Galiulinlar bor.

FIFA qaroriga ko‘ra, bu besh futbolchi xalqaro tashkilotga jarima to‘lash bilan birga, erta va to‘rtinchi saralash bosqich bellashuvlarining birinchi tur uchrashuvida maydonga tusha olishmaydi.

O‘zbekiston jazo chorasini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan, ammo appellyatsiya maktubi FIFA tomonidan rad etilgan.

Statistikaga ko'ra, O'zbekiston jamoasi hali biror marta ham Yaponiya ustidan g'alaba qozongmangan. SoccerPunter sayti xabar berishicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi to'rt o'yin o'tkazgan. Uchrashuvlarda ikki marta 1:0 hisobi bilan "samuraylar" g'albasi qayd etilgan va ikki marta 1:1: hisobi bilan durang natijasi ko'rsatilgan.

Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi 29 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG