Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:09

O‘zbekistonda elektrga telefon orqali to‘lov boshlanmoqda


1 martdan Toshkent, Namangan, Andijon viloyatlaridagi o‘zbekistonlik mobil telefoni foydalanuvchilari telefon orqali elektr energiyasi uchun haq to‘lashni boshlashi mumkin.

Bu viloyatlar ahli O‘zbekenergo Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan yangi "Elektrhisob" nomli maxsus dastur yordamida telefon, tijorat banklari to‘lov tizimlari, Paynet va plastik kartochkalar orqali energiya uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Bu haqda bir qator yarim rasmiy o‘zbek saytlari xabariga ko‘ra, bunday tizim 2012 yilning birinchi olti oyi yakunidan butun respublika bo‘ylab ishga tushadi.

Mobil telefon orqali to‘lovni amalga oshirish uchun abonent uning elektron imzosi yuklatilgan maxsus "SMS-To‘lov" dasturini o‘z banki yordamida telefoniga o‘rnatishi lozim.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekenergo Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi rasmiy saytida "shaxsiy kabinet" deb ataluvchi sahifani ochib, u yerdan o‘z to‘lovlari balansini kuzatib borish imkoni ham taqdim qilinmoqda.

Foydalanuvchi onlayn tarzda ispektor bilan maslahatlashishi, ustalarni buyurtma qilishi ham mumkinligi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG