Линклар

“Shu kunda bir milliarddan ziyod bola dunyoning aholisi zich bo‘lgan eng yirik shaharlarida yashamoqda va ularning mutlaq ko‘pchiligi elektr quvvatisiz, suvsiz uylarda istiqomat qilgani yoki ta‘lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani uchun qashshoqlarning qashshog‘idir”, deyiladi BMTning seshanba kuni e‘lon qilingan hisobotida.

Hujjat muallifi – BMT Bolalar jamg‘armasining e‘tiroficha, “Aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chish jarayoni yuz millionlab bolani katta va kichik shaharlarda eng zaruriy xizmatlardan foydalanish imkonidan mosuvo qildi”.

Jamg‘arma hisobotida aytilishicha, yaqin bir necha yil ichida dunyodagi bolalarning katta qismi shaharlarda o‘sib-ulg‘ayadi.

Urbanizatsiya jarayoni butun dunyoda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda.
Biroq, butun aholisining turmush sharoiti nisbatan qoniqarli bo‘lgan bu mamlakatda qishloqlardan shaharlarga, xususan Toshkentga ko‘chib kelgan qishloqliklarning bolalari asosan ma‘muriy cheklovlar oqibatida, hisobot tili bilan aytilsa, “eng zaruriy xizmatlardan foydalanish imkonidan mosuvo qolmoqda”.

Qo‘yliqdagi mahallalardan bittasidagina


- Viloyatlar kelganlar, yashayotganlarning ro‘yxati 76ta.

Ozodlik: Registratsiyadan o‘tmagan-a?

- Ha, o‘tmagan, dedi mahalla faoli.

Bittagina mahallada ro‘yxatdan o‘tmay yashayotgan viloyatlik choragi kam yuz nafar ekan, butun shahar bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tganiyu o‘tmagani qo‘shib hisoblansa, o‘n minglab ekanligini taxmin qilish qiyin emas.

Shahrisabzlik Hamza Suyunov – o‘shalarning biri.

32 yoshli Hamza ish izlab Toshkentga kelib qolganlarning, aytish mumkinki, tabaqasi balandroqlaridan. U vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan, Toshkentdagi kollejlardan birida dars beradi. Har holda qora ishchi emas.

Lekin shunga qaramay, Suyunovlar oilasida tug‘ilgan uch egizakning poytaxtda o‘gaylanishi BMT Bolalar jamg‘armasi hisobotiga illyustratsiya bo‘ladigan darajadadir.

- Suyunchi pulidan keyin mana haligacha bolalarmning pulini ololganimiz yo‘q. Toshkentga kelsak, “Biz bermaymuiz, boshqa mahalladan” deydi, boshqa mahallaga borsa, “vremenniy boshqa propiskada ekansan” deydi. Qashqadaryoga borsak, bizlarda pul yo‘q deydi, degan edi Hamza Suyunov 8 fevral kuni Ozodlik savollariga javob berar ekan.

Agar vaqtinchalik propiskasini yo‘qotmasa, Hamza Suyunovning egizaklari maktabga ham qabul qilinishi mumkin.

Vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan viloyatliklarning bolalari Toshkent maktablariga qabul qilinmaydi. Har holda Qo‘yliqdagi mahallalardan birining faoli bilan oramizda mana bu savol-javob bo‘lib o‘tdi:

- Yosh bolalar bor. Maktabda hech qanaqa unaqa nima olinmayapti.

Ozodlik: Nima uchun olinmaydi?

- Endi viloyatlarda ham shunaqa chiroyli maktablar, kollejlar bor. Hozir ro‘yxati yo‘qlar olinmayapti.

Ozodlik: Qonuniy asos ko‘rsatishadimi ularning olinmasligiga?

- Bizlarga shunaqa nima berilganki ROVDda majlis bo‘lganda, ro‘yxatsiz fuqarolar maktabga olinmaydi. Ro‘yxati bo‘lishi kerak. Ichki ishlar nimasida majlis bo‘lganda aytilgan, deydi Qo‘yliqdagi mahallalardan birining faoli.

Bu savol-javobdan keyin Bolalar sotsial adaptatsiyasi respublika markazining huquqshunosiga bitta savol bilan murojaat qildik.

Ozodlik: Toshkentda ota-onasining registratsiyasi bo‘lmasa, masalan Xorazmdanmi Andijondanmi bir joydan kelgan, bolasini maktabga olmaslikka maktabning haqqi bormi yo‘qmi?

- Haqqi yo‘q. Uning farqi yo‘q. Qonun shunaqa, propiska qayerda bo‘lishining farqi yo‘q. Misol uchun Samarqanddami, Buxorodami. Oladi, olishi kerak, deydi Bolalar sotsial adaptatsiyasi respublika markazining huquqshunosi.

O‘rganayotganimiz masala bilan Fuqarolik jamiyati yosh faollari guruhi ham shug‘ullangani ma‘lum bo‘ldi. Guruh a‘zosi Sanjar Saidov bunday dedi.

- Propiskasiz Toshkentda hech ish qilishning iloji yo‘q viloyatdan kelgan odamlarga. Hech bo‘lmasa vaqtinchalik olti oyga qo‘yilgan propiska asosida maktabga qabul qilinadi. Propiskasi bo‘lmasa, maktabga ham, bog‘chaga ham qabul qilinmaydi. Vaqtinchalik propiska deydida, yana doimiy propiska bor. Hech bo‘lmaganda vaqtinchalik ro‘yxatda turgan shaklda borib topshirsa, bemalol oladi. Lekin vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, ularni olmaydi.

Ozodlik: Shu konstitutsiyadagi normaga zid emasmi?

- Bu konstitutsiyaga zid. Lekin hozirgi kunda O‘zbekiston sharoitida qonun emas qonun osti hujjatlari yoki bo‘lmasa qaysidir insonlarning buyruqlari ustunlik qilmoqda, deydi Sanjar Saidov.

Fuqarolik jamiyati yosh faollari guruhi a‘zosi Sanjar Saidovning guruh kuzatuvlariga tayanib aytishicha, Toshkentda hech yo‘q vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan viloyatliklarning farzandlari maktabga qabul qilinishi mumkin, lekin ular aslo kollej va litseylarga qabul qilinmaydi.
XS
SM
MD
LG