Линклар

Leningrad viloyati Tosno tumanidagi Korkino qishlog‘ida joylashgan korxonalardan birida markaziy-osiyolik mehnat muhojirlari orasida kelib chiqqan mushtlashuv oqibatida 3 kishi kasalxonaga tushdi.

27 fevral kuni soat 22:40 larda Leningrad viloyati Tosno tuman markaziy shifoxonasiga pichoqlangan ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Tojikiston fuqarosi olib kelingan.

Bu ma‘lumotni Ozodlikka tasdiqlagan Tosno tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchisining so‘zlariga ko‘ra, Korkinodan ikki kilometr narida joylashgan korxonalardan birida o‘zbek va tojik muhojirlari orasida janjal kelib chiqqan.

“Janjalda ishtirok etgan barcha migrantlar politsiya bo‘limiga taftish uchun keltirilgan”, deydi politsiya navbatchisi.

- Ular Lyubavino militsiya bo‘limiga olib kelindi. Mushtlashganlar orasida shifoxonaga yotqizilganlar ham borligini tasdiqlayman. O‘zbekistonning ikki fuqarosi, tojiklardan biri koma holatida yotibdi. Biz voqeada, kim nimada aybdorlagini taftish qilyapmiz. Shifoxonadagi o‘zbeklar og‘ir ahvolda emas, ularning hayotiga xavf yo‘q. O‘zbek va tojiklarimiz orasida janjal kelib chiqqan ekan. Rasmiy xulosa tergov tuguganidan keiyn e‘lon qilinadi, dedi politsiya xodimi.

Tosno tuman shifoxonasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ko‘kragidan pichoqlangan, uning 31 yoshli hamyurti qornidan chavaqlangan. Hozircha kimligi aniqlanmagan 40 yoshlar atrofidagi yana bir migrant bosh miyadan og‘ir jarohatlangani va hozircha hushiga kelmagani aytilmoqda.

Tosno tuman politsiyasi mazkur hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.
XS
SM
MD
LG