Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:27

Gruziya Rossiya bilan viza rejimini bekor qildi


Gruziya Rossiya bilan viza rejimini bir taraflama bekor qildi.

Bundan buyon Rossiya fuqarolari Gruziyaga vizasiz kirishlari va to‘qson kun ichida vizasiz yurishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili mamlakati parlamentida qilgan chiqishida Rossiya bilan viza rejimini bekor qilish kerakligi haqida gapirgan edi.

Lekin, Gruziya fuqarolari uchun Rossiyada viza tartibi hamon kuchda qolmoqda.

Janubiy Osetiya masalasida Rossiya va Gruziya o‘rtasida yuzaga kelgan 2008 yilgi urush ortidan ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar to‘xtab qolgan.
XS
SM
MD
LG