Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:10

Uznews.net kiber-hujum bois ochilmay qoldi


O‘zbek, rus va ingliz tillarida O‘zbekiston haqida tanqidiy maqolalar yoyinlovchi Uznews.net kiber-hujumga uchradi.

Uznews.net Internet nashri 28 fevraldan boshlab keng qamrovli kiber-xujumga tutildi va oqibatda nashr yopilib qoldi.

Uznews.net saytiga "yovuz niyatli hakerlar" D-DoS tajovuzi uyushtirayotgani haqida Ozodlikka o‘zini "ezgu niyatli" Anonim-X deb tanishtirgan o‘zbek hakeri 1 mart kuni ma‘lum qildi.

1 mart kuniga kelib ham Internetda yopiq qolayotgan Uznews.net nashri bosh muharriri Galima Buxarbayeva bilan bog‘lanib bu vaziyatga oydinlik kiritdik.

- 28 fevral kechqurun soat 23dan boshlab saytimiz dunyoning turli nuqtalaridan turib keng qamrovli, yaxshi koordinatsiya qilingan kuchli kiber hujumga uchragani ma‘lum bo‘ldi, der ekan Galima Buxarbayeva ayni paytda bu hujumni bartaraf qilish ishlari borayotganini bildirdi.

- Mutaxassislar hujumlar ortida turgan kompyuterlarning IP manzillarini aniqladi. Hujumlar Osiyodan, Eron, Pokiston va Filippindan ekani ma‘lum bo‘ldi. Biz kecha saytning ko‘zgu variantini internetga ilib qo‘yib, sayt o‘zagini ta‘mir qilishga tushdik. Sal o‘tmay bu ko‘zgu ham chil-chil bo‘ldi. Mutahassislar kiber-hujumning ko‘lamidan va uzoq muddat davom etayotganidan hayron bo‘lishmoqda. Bir vaqtning o‘zida saytdagi ba‘zi sarlavhalarga minglab so‘rovlar kelgan. Bu so‘rovlar oqimini sayt ko‘tara olmay qoldi. Huddi bir tonna yuk ko‘taradigan ko‘prik ustiga yuz tonna yuk qo‘yilgani kabi.

Ozodlikka o‘zini Anonim-X deb tanishtirgan o‘zbek hakeriga ko‘ra, bunday hujum D-DoS ataka deb aytiladi va juda qimmat turadigan tadbirdir:

- Bunday tadbirning ortida bir emas, o‘nlab hakerlar guruhi turadi, deydi Ozodlikka o‘zini "ezgu niyatli Anonim-X" deb tanishtirgan o‘zbek hakeri.

Uznews.net muxbirlari Markus Bensman va Galima Buharbayeva Andijon fojeasi guvohlaridir.
Uznews.net muxbirlari Markus Bensman va Galima Buharbayeva Andijon fojeasi guvohlaridir.
Ayni paytda, Uznews.net nashriga bo‘lgan kiber-atakani o‘rgangan nemis IT mutahassislari hujum oqibatlarini bartaraf qilayotganini aytgan Galima Buxarbayeva bunday tajovuzga ilk bora duchor bo‘lganini ta‘kidladi.

Ozodlik muxbirining, bu hujum ortida kim turibdi, va nega aynan xozir shunday uyushtirildi degan savoliga, bir oz andishalanib javob berdi Buxarbayeva:

- Albatta, men faqat tahminni ayta olaman. Uznews.net o‘zbek rejimi asabini qaqshatayotganini bilib turar edik. Shvetsiyada Obid qoriga suiqasd qilingani haqidagi maqolalarimiz esa, rejim sabr kosasiga so‘ngi tomchi bo‘lib tushgan ko‘rinadi. Biz suiqasd haqida o‘nta maqola e‘lon qildik. Aynan bu maqolalar e‘lon qilinganidan keyin saytimiz kuchli tajovuzga uchradi.

Galima Buxarbayevaga ko‘ra, Uznews.net muxbirlari doimo o‘zbek hukumati nishonida bo‘lib kelgan.

- Masalan, Uznews.net muxbiri Solijon Abdurahmonov 4 yildan beri qamoqda azob chekmoqda. Biz uchun O‘zbekiston ichidan turib yozadigan muxbirlarimiz jon hovuchlab yurishadi.

Uznews.net nashri O‘zbekistonda qanday ta‘sirga ega, kuniga qancha mushtariy saytga kiradi, degan savolga Galima Buharbayeva o‘zbek, rus va ingliz tilida faoliyat yuritadigan Uznews.net nashriga kuniga 6000 original mushtariy kirishini va 25 ming kishi qayta kirishini ma‘lum qildi.

- Bu O‘zbekiston hukumatning rasmiy organi bo‘lgan O‘zA, nashridan uch barobar ko‘proqdir. O‘zbekistonda Uznews.net nashriga to‘siq qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan toshkentlik mushtariylar proksi saytlar orqali bizga kirishmoqda. Lenta.Ru biz yozgan maqolalarni ko‘chirib bosadi.

Suhbat so‘ngida Uznews.net bosh muharriri Galima Buxarbayeva yaqin soatlarda nashr tiklanishini va‘da qildi.

2011 yilda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 8 milliondan oshgani qayd qilindi.

O‘zbekiston behayo saytlarni to‘sish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan axborotni to‘xtatish vaji bilan qator xalqaro ommaviy axborot vositalari veb-saytlariga to‘siq qo‘ygan va"Internet dushmanlari" ro‘yxatiga kiritilgan mamlakat hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG