Линклар

Ozarbayjon prokuraturasi mamlakat shimolidagi Guba shahrida ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Payshanba kuni Gubada minglab namoyishchilar Ozarbayjonning boshqa mintaqalaridan kelganlarga yerni arzon narxda sotayotgan mahalliy aholini “xoin” deb atagan mahalliy gubernator Rauf Habibov iste‘fosini talab qilib shahar ma‘muriyati binosi oldidagi maydonga yig‘ilgan edi.

Norozilik tartibsizliklarga aylanib ketdi. Namoyishlar davomida shahar markazida joylashgan Rauf Gabibovga tegishliligi aytilayotgan uyga o't qo'yilgani aytilmoqda. Hukumat shaharga mahsus kuchlarni kiritdi.


To‘qnashuv payti ham hukumat kuchlari ham norozilar tarafidan talafotlar bo‘lgani, bir qancha odamning hibs etilgani xabar qilindi.

Ohir oqibat norozilar talabi bajarildi, Rauf Gabibov Guba tumani hokimi vazifasidan bo‘shatildi.

Ayni paytda, Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda 2 mart kuni Ozarbayjonning turli mintaqalarida gubaliklarni qo‘llab namoyish o‘tkazilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG