Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:46

Bugun Stokholmda Obid qori Nazarov himoyasiga piket o‘tkaziladi


O‘zbek imomi Nazarov 22 fevral kuni Shvetsiyaning shimoliy provintsiyasi sanalgan Stromshund shahridagi uyi oldida otib ketilgan edi.
O‘zbek imomi Nazarov 22 fevral kuni Shvetsiyaning shimoliy provintsiyasi sanalgan Stromshund shahridagi uyi oldida otib ketilgan edi.
Bugun Shvetsiya poytaxti Stokholmda taniqli o‘zbek imomi Obid qori Nazarov hayotiga qilingan suiqasdga norozilik bildirib piket o‘tkaziladi.

Tadbir ertalab Stokholmning markaziy maydoni, Riksdag - panlament binosi oldida bo‘ladi.

Tadbirda Shvetsiyada boshpana topgan o‘zbekistonlik muxojirlar, muxolifat faollari va jurnalistlar qatnashishi kutilmoqda.

- Ushbu aktsiyadan asosiy maqsad, shved va yevropalik siyosatchilar e‘tiborini Obid qoriga qilingan suiqasdga va o‘zbek qochqinlarining himoyasizligiga qaratishdir, - deb bildirdi o‘z ismini aytmagan Shvetsiyadagi o‘zbek qochqinlaridan biri.

22 fevral kuni o‘zbek imomi Nazarov Shvetsiyaning shimoliy provintsiyasi sanalgan Stromshund shahridagi uyi oldida otib ketilgan edi.

Nazarovga qilingan suiqasd yuzasidan, shved politsiyasi "qotillikka qasd qilish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochgan, Shvetsiya va xalqaro darajada keng miqyosda tergov olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG