Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:57

iPad planshetining yangi versiyasi 7 martda e'lon qilinishi mumkin


Apple shirkati taniqli iPad planshetining uchinchi versiyasini 7 mart kuni e'lon qilishi mumkin. Bunday taxminni shirkat uyushtirayotgan taqdimot anjumaniga taklifnoma olgan jurnalistlar bildirmoqda.

"Bizda sizlar o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz kerak bo'lgan narsa bor. Uni albatta ushlab ham ko'rishingiz kerak" deyiladi 7 mart kuni San-Fransiskoda o'tadigan taqdimot anjumaniga kelgan taklifnoma muqovasida. Aksar jrunalist va tahlilchilarga ko'ra, gap aynan iPad 3 haqida ketayotgan bo'lishi mumkin.

Bundan oldin bir qator texno-bloglar iPad ning yangi versiyasi haqida har xil tahminlar qilishgan edi. Ularga ko'ra, Apple ning yangi plansheti yuqori sifatli Retina Display ekrani bilan jihozlanadi, kamerasining piksellari va batareyasi oldingisinikiga qaraganda ancha sifatliroq bo'ladi.

iPad 3 plansheti 4G tarmog'iga mos bo'lishi va unda iPhone 4S mobil tefoniga o'rnatilgan Siri (ovoz orqali boshqariluvchi yordamchi) dasturi ham o'rnatilishi aytilgan.

The Huffington Post nashriga ko'ra, iPad planshetining yangi versiyasi iPad 3 nomi bilan atalmasligi ham mumkin. Apple shirkati esa odatdagidek yangi mahsulot haqida ma'lumot tarqatgani yo'q.

Bir necha hafta oldin esa Apple shaydolari orziqib kutayotgan iPad planshetining uchinchi avlodiga tegishliligi aytilayotgan surat birdaniga bir nechta nuvuzli texno-bloglarda chop etilgan edi. Ushbu surat yuqoridagi tahminlari qisman tasdilaydi.

Eslatamiz, Apple shirkatini planshetlar bozorida birinchi o'ringa ko'targan iPad ning birinchi versiyasi 2010 yilning yanvar oyida e'lon qilingan edi. iPad 2 plansheti esa 2011 yilning 2 martida taqdim etilgan.
XS
SM
MD
LG