Линклар

Toshkentda quyosh energiyasi bilan ishlovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Toshkent shahar davlat avtonazorat boshqarmasi avtonom ishlaydigan¸ quyosh nuridan elektr oladigan mo‘jaz tizimlarni shahar ko‘chalariga o‘rnatmoqda.

Bu tizimlar bois yo‘l belgilari shahar elektr tarmog‘idan mustaqil bo‘ldi.

O‘zbekistonda muqobil energiya masalasi¸ uglevodorodlar tahchil bo‘lgan sayin dolzarblashmoqda.

28 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston Ekologlar harakati “Muqobil energiya man‘balari” mavzusida anjuman o‘tkazdi.

Anjuman qatnashchilari O‘zbekistonda bir yilda 300 quyoshli kun bo‘lishi¸ quyoshdan energiya olish uchun o‘ta qulay holat ekanligini ta‘kidlashdi.

Ayni paytda quyosh energiyasidan O‘zbekistonda deyarli foydalanilmayotgani anjumanda qayd qilindi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi olishda 97 foiz naft va gazdan foydalaniladi. Qolgan uch foiz elektr esa ko‘mir va gidrotizim yordamida olinadi.
XS
SM
MD
LG