Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:21

Yosh er-xotinlarga hokimlik sovg‘asi


Samarqandda ilk turmush qurgan yoshlarga Alisher Navoiy kitobi hadya qilinadi.

Samarqand hokimligi Oila yilida ana shunday tashabbus bilan chiqdi.

Bu haqda ma‘lum qilgan O‘zbekiston axborot agentligiga ko‘ra¸ yosh eru xotinlarga beriladigan hadya kitob haqini homiy tashkilotlar¸ hokimlik tavsiyasiga binoan to‘laydi.

Agentlik¸ samarqandlik uy bekasi Zebo Holmatovaning “latta-puttadan ko‘ra kitob yaxshi degan” so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Alisher Navoiy kitobi nikoh bazmida hokimiyat vakili tarafidan tantanali tarzda bir yostiqqa bosh qo‘yayotgan ikki yoshga topshirilmoqda.
XS
SM
MD
LG