Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:33

FIFA Bahrayn-Indoneziya (10:0) o‘yini bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi


Futbol uyushmalari xalqaro federatsiyasi - FIFA 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan Jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasida Bahrayn va Indoneziya o‘rtasidagi o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga qaror qildi.

Keyingi bosqich saralash o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun Eron jamoasi Qatar ustidan g'alaba qozonishi, Bahrayn jamoasi esa Indoneziya termasini to‘qqizta to‘p farqi bilan yutishi kerak edi.

29 fevral kungi uchrashuvda Bahrayn Indoneziya jamoasini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shunga qaramay, keyingi bosqichga Bahrayn emas Eron jamoasi bilan durang (2:2) o'ynagan Qatar jamoasi yo‘llanma oldi.

2 mart kuni Osiyo futbol federatsiyasi Bahrayn-Indoneziya o‘yini bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish haqidagi FIFA qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma‘lum qildi.

29 fevral kuni O‘zbekiston terma jamoasi Nagoya shahrida Yaponiya terma jamoasini 1-0 hisobida yengdi.

16 ochko to‘plagan O‘zbekiston jamoasi o‘z guruhida birinchilikni saqlab qolgan holda saralash bosqichining so‘nggi davrasiga yo‘llanma oldi.
XS
SM
MD
LG