Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:17

Tojikistonda Facebook to‘sib qo‘yildi


Tojikistondagi to‘rtta Internet provayderidan uchtasi dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook saytiga to‘siq qo‘ydi.

Internetdagi to'siqlarni yengib o'tuvchi proksi vebsaytlari orqali Facebook sahifalariga kirayotgan tojikistonliklarga ko'ra, tojik Internet provayderlari ijtimoiy tarmoqni to'sishni 3 mart kuni ertalab boshlashgan.

To'siq joriy etilganiga bir necha kun bo'lganiga qaramasdan haligacha uning sabablari noaniqligicha qolmoqda.

Ria-Novosti axborot agentligi xabariga ko‘ra, Tojikiston hukumatining Aloqa xizmati Respublikadagi Internet provayderlariga “zarurat paydo bo‘lgani sababli” Facebook saytiga to‘siq qo‘yish haqida og‘zaki ko‘rsatma bergan.

Tojik provayderlari Facebook bilan birga Tjknews.com, Zvezda.Ru va Maxala.org kabi sahifalarini ham to'sib qo'ygan. Fergana.Ru axborot agentligining tahminiga ko'ra, ushbu saytlarga qo'yilgan to'siq ularda chop etilgan prezident Imomali Rahmonni tanqid etuvchi maqolalar bilan bog'liqdir.

Facebook sayti bergan statistikaga asoslanadagian bo'lsak, Tojikistonda ushbu tarmoqdan kamida 30 ming kishi foydalanadi.
XS
SM
MD
LG