Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:57

Buxoroda yangi masjid munozaraga sabab bo‘lmoqda


Yangi masjidning sport maskaniga aylantirilishi aytilmoqda.
Yangi masjidning sport maskaniga aylantirilishi aytilmoqda.

Buxoro shaharining ko‘p qavatli binolar joylashgan mahallalaridan birida qurilgan masjid yon mahalla ahli orasida paydo bo‘lgan e‘tirozlar tufayli ishlamayotgani aytilmoqda.

Buxoro shahrining 6-mikrorayonida qurilgan yangi masjid ishlamasligi ma‘lum bo‘ldi.

Bir necha yil davomida qurilib, 2011 yilda tugatilgan masjid ayni kunda musulmonlarni qabul qilmayotir.

Masjid atrofidagi axolining aytishicha, diniy muassasa ko‘p kavatli uylarning markazida joylashgan bolalar maydonchasida qurilgan. Qurib bitkazilganidan so‘ng, saharda bomdod namoziga aytilgan azon odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Mikrorayonda yashovchi o‘zini tanishtirishni istamagan fuqarolarning aytishicha, ular masjid poydevori qurilishi boshlanganidan norozilik bildirishgan.

"Masjidning azoni bu atrofda yashovchi yosh bolalilarga, qariyalarga xalaqit berar edi. Bu yerda avliyo o‘tgan bo‘lmasa, masjidni chetrokka qurish kerak edi",- deydi Buxoroning 6-mikrorayonida yashovchilardan biri.

Masjidga yaqin manbalardan birining aytishicha, yangi masjid Buxoroda taniqli imom Azizxo‘ja boshchiligida qurilgan.

"6-mikrorayonda aslida biror masjid yo‘q edi, bu mikrorayonda fohishaxonalar ko‘p. Shuning oldini olish maqsadida qurilgan masjid edi", deya tushuntirdi manba.

Ayni kunda yangi masjid nima sababdan ishlamayetganini rasmiylar izohlamayapti.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, masjid binosi sport maskaniga aylantirilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG