Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:53

O‘IH a‘zosi deya gumon qilingan o‘zbekistonlik Moskvada hibsga olindi


Moskvada terrorchilik va qotillikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. O‘zbekiston xavfsizlik xizmatlari bu odamni O‘zbekiston Islomiy harakatiga a‘zolikda ayblab xalqaro qidiruvga bergani aytilmoqda.

Moskvada xalqaro qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sirojiddin Matkarimov qo‘lga olindi. Bu haqda Ozodlik Radiosiga ma‘lumot bergan Ichki ishlar vazirligining Markaziy federal okrug bo‘yicha Bosh boshqarmasi rasmiysi Nikolay Korganovga ko‘ra, bu shaxs O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidirilayotgan bo‘lgan.

- Xorijlik hamkasblarimiz ma‘lumotiga binoan, Sirojiddin xalqaro terrorchilik tashkiloti a‘zosi, aniqrog‘i O‘zbekiston Islomiy harakatining radikal g‘oyalari tarafdori bo‘lgan. 2007 yilning 16 oktyabrida o‘z yurtida o‘zining g‘oyaviy aqidalariga binoan xotinini bo‘g‘izlab tashlagan va jinoyat joyidan g‘oyib bo‘lgan. Bu qotillik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97 moddasi 1 qismiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Sirojiddin Matkarimov xalqaro qidiruvga e‘lon qilingan, deydi Nikolay Korganov.

Politsiya xodimiga ko‘ra, operativ-qidiruv amaliyotlari natijasida Matkarimov Moskva shahrida taksichilik qilib yurgani aniqlangan.

“Hibsga olinganida u Markaziy federal okrug politsiya xodimlariga mutlaqo boshqa odam nomiga berilgan hujjatlarni ko‘rsatgan”, deya davom etadi Nikolay Korganov.

- U o‘z yurtdoshi Akbarov Jahongir nomiga berilgan hujjatlardan foydalanib yurgani aniqlandi. U tergovchilarga taksichilik qilib kun ko‘rganini aytgan. Biroq, tergov davomida u shuningdek O‘zbekistondan kelayotgan mehnat muhojirlarini Moskvada joylashtirish bilan shug‘ullangani ma‘lum bo‘ldi. Ularning Rossiyada legallashishi uchun qalbaki hujjatlarni berib yurgan, ularni uy-joy bilan ta‘minlab kelgan, deydi Ichki ishlar vazirligining Markaziy federal okrug bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot departamenti rahbari Nikolay Korganov.

Hibsga olinganidan keyin, 34 yoshli bu yigitning shaxsi daktiloskopiya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra aniqlangan.

Hozirda Sirojiddin Matkarimov Moskvadagi tergov izolyatorlaridan birida saqlanmoqda.

Moskva Bosh prokuraturasi bu shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish uchun zaruriy taftish ishlarini olib borayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG