Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:02

Jasoratli ayol mukofoti qandahorlik ayolga beriladi


O'zbekistonlik inson huquqlari faoli Mo‘tabar Tojiboyeva "Jasoratli ayol" mukofotini 2009 yilda AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton va AQSh Birinchi ayoli Mishel Obama qo‘lidan olgan edi.
O'zbekistonlik inson huquqlari faoli Mo‘tabar Tojiboyeva "Jasoratli ayol" mukofotini 2009 yilda AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton va AQSh Birinchi ayoli Mishel Obama qo‘lidan olgan edi.
AQSh davlat departamentining 2012 yilgi"Jasoratli ayol" mukofoti Afg‘onistonning Qandahor viloyat kengashi a‘zosi Maryam Duroniy va Pokistondan inson huquqlar faoli Shod Begimga berilishi ma‘lum qilindi.

Laureatlar orasida Myanma Liviya va Saudiya arabistonidan vakillar bor.

"Jasoratli ayol" mukofoti har yili 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan AQSh Davlat Departamenti tomonidan topshiriladi.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi bir necha xalqaro mukofotlar sovrindori Mo‘tabar Tojiboyeva "Jasoratli ayol" mukofotini 2009 yilda AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton va AQSh Birinchi ayoli Mishel Obama qo‘lidan olgan edi.

Keyinroq Mo‘‘tabar Tojiboyeva 2009 yilda AQSh Davlat departamentidan olgan "Jasoratli ayol" mukofotning Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayevaga ham berilayotganiga norozilik o‘laroq, undan voz kechishini e‘lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG