Линклар

logo-print
Braziliya hukumati FIFA Bosh kotibi Jerom Valkning kechirim so‘ragani haqida ma‘lum qildi.

Bundan oldin Braziliya sport vaziri¸ o‘z hukumati bundan buën Valk bilan hamkorlik qilmasligini bildirgan edi.

FIFA rahbarinining 2014 yil futbol bo‘yicha jahon chempionatiga Braziliyaning ëmon tayërgarlik ko‘raëtgani haqidagi tanqidiy so‘zlari bu e‘tiroz sababi sifatida ko‘rildi.

FIFA rahbari Valk Braziliyada yangi stadionlar¸ otel va transport tizimlari qurish ishlari o‘ta sust boraëtganini aytib¸ “Ularni ketiga tepib turish kerak” degan iborani ishlatgan edi.

Braziliya hukumatiga uzr so‘rab ëgan maktubida Valk bu so‘zlarni aytganidan pushaymonligini bildirgan.
XS
SM
MD
LG