Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:15

Ahmad Bakiyev qamoqdan qochdi


O‘tgan yil aprelida hokimiyatda chetlatilgan prezident Qurmonbek Bakiyevning ukasi Ahmad Bakiyev qamoqdan qochdi.

Bu haqda Qirg‘izistonda faoliyat yurituvchi bir qator axborot agentliklari mamlakat Jazoni o‘tash davlat xizmatiga (JO‘DX) tayangan holda xabar tarqatdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 35-manzil koloniyada jazo o‘tayotgan Ahmad Bakiyev sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli biroz avval kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, muolajadan so‘ng qamoqxonaga qaytishi kerak edi. Biroq, JO‘DX vakillarining aytishicha, 3 mart kuni u qochib ketgan. Hozirda uni qidirish va tutish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ahmad Bakiyevning qamoqdan qochganiga oid taxmin dastavval 6 mart kuni ertalab Qirg‘iziston parlamentida o‘tkazilgan bir majlisda aytilgandi: Jo‘g‘o‘rqu Keneshning Qonuniylik, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurash qo‘mitasi majlisida deputat Dastan Bekeshev bu haqda Bosh prokuror Aida Salyanovaga savol berib, bu ma‘lumotni tasdiqlash yoki inkor qilishni so‘ragandi. Biroq Bosh prokuror deputatning savoliga jo‘yali javob bera olmagandi.

Sobiq prezident Qurmonbek Bakiyevning ukasi Ahmad Bakiyev Jalolobod shahar sudi hukmi bilan o‘tgan yil avgustida yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U “Tovlamachilik”, “Noqonuniy qurolli guruh tuzganlik va unda ishtirok etganlik”, “Bezorilik”, “Noqonuniy qurol saqlaganlik” kabi moddalarda aybdor, deb topilgandi.

2011 yil oktyabrida Chuy viloyat sudi bu qarorni o‘z kuchida qoldirgan, biroq amnistiya qo‘llash bilan jazoni uchdan birga qisqartirgandi.

2011 yil dekabrida esa Bishkek shahar Lenin tuman sudi uni poytaxtdagi 35-manzil koloniyasiga o‘tkazish haqida hukm chiqargan va 2012 yilning 4 yanvarida Ahmad Bakiyev manzil koloniyaga o‘tkazilgandi.

Bungacha sobiq prezidentning ukasi o‘z hamyurti, jalolobodlik huquq himoyachisi Azimjon Asqarov bilan bir joyda - Bishkekdagi 47-qamoqxonada saqlanayotgandi.

Ahmad Bakiyevning jazo muddati, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning 3 sentyabr kuni tugashi kerak edi.
XS
SM
MD
LG