Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:15

Tojikistonda mustaqil saytlar blok qilingani tanqid qilindi


Ikkita inson huquqlari tashkiloti Tojikiston davlat aloqa xizmatini Facebook ijtimoiy tarmog‘i va boshqa mustaqil saytlarga to‘siq qo‘yganini qoraladi.

Tojikistonda Facebook.com, Centrasia.ru, tjk.news.com va zvezda.ru kabi Internet saytlar 3 martdan beri blok qilingan.

Tojikiston Internet xizmati provayderlar uyushmasi mustaqil Internet saytlari blok qilinganini qoralab uni Tojikiston milliy informatsiya xavfsizligiga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf” deya baxoladi.

AQShdagi Freedom House (Ozodlik Uyi) tashkiloti ham Tojikiston hukumatini tanqid qiluvchi saytlar doimiy ravishda blok qilib kelinayotganini qoraladi.

Tojikiston rasmiylari nomlari tilga olingan saytlarga Internetdan foydalanuvchilar “texnik nuqsonlar sababli” kira olmayotganini aytib, muammo “yaqin fursatda” bartaraf qilinishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG