Линклар

logo-print
O‘zbekiston Oliy majlisi qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish partiyasi” qo‘g‘irchoqlar havfsizligi bo‘yicha anjuman tashkil qildi.

Toshkentdagi Milliy matbuot markazida o‘tgan tadbir “Havfsiz qo‘g‘irchoqlar-yoshlar tarbiyasida muhim omil” mavzusida bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olgan deputatlar O‘zbekistonda “Qo‘g‘irchoqlar havfsizligi haqidagi” qonun qabul qilinishi lozim degan fikrni ta‘kidlashdi.

Deutatlar nazarida g‘arb qo‘g‘irchoqlari o‘zbek bolalariga salbiy ruhiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Bunday qo‘g‘irchoq o‘ynagan bolalar “zo‘ravonlikka moyil bo‘lishi” haqida “Milliy tiklanish partiyasi” faollari tashvish bildirishdi.
XS
SM
MD
LG