Линклар

Oldindan kutilgani kabi¸ Vladimir Putin 2012 yilgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. Putinning bu qaytishidan nimalarni kutish mumkin? Shunday savol bilan Ozodlik muxbiri britaniyalik rossiyashunos¸ Rossiya siësati haqidagi kitoblar muallifi Edvard Lukasni suhbatga tortdi.

Ozodlik : Vladimir Putin¸ kutilgani kabi¸ yana prezidentlikka saylandi. Ammo Rossiya muxolifati 5 martdan mamlakat bo‘ylab muddatsiz norozilik namoyishlarini boshladi. Rossiyadagi siyosay jarayonlar bundan keyin¸ sizningcha¸ qaysi yo‘nalishdan ketadi?

Edvard Lukas: Menimcha¸ Putin jangda yutdi¸ urushda yutqizdi¸ ya‘ni qisqa muddatga g‘alaba qozondi¸ ammo uzoq muddatda yutqizdi. Putin urushni ikki jihatga ko‘ra yutqizdi. Birinchisi¸ u saylovoldi kampaniyasida bergan va‘dalarining ustidan chiqa olmaydi. Jahon bozorida bir barrel neft narxi 110 dollar bo‘lib turar ekan¸ Putin bu va‘dalarining uddasidan chiqa olmaydi va o‘z tarafdorlari hafsalasini pir qiladi. Ikkinchisi¸ Putin Rossiyadagi namoyishchilarni mamlakatning modernizatsiya va plyuralistik siyosiy tuzum tomon borayotganiga ishontira olmaydi va bu uning urushdagi ikkinchi yutqizig‘idir.

Ozodlik: Putin prezidentlikka qaytgach¸ Rossiya va G‘arb munosabatlarida nimalar o‘zgaradi?

Edvard Lukas: Menimcha¸ hozirda G‘arb oldida Putinning Lujnikida o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishi va “Moskovskiye novosti” gazetasidagi maqolasida ko‘rilgan aksil-g‘arbchiligi saylovchilarni o‘ziga og‘dirish maqsadida qilingan saylooldi taktikasimi yoxud Putinning asl basharasi ifodasi¸ degan savol ochiq turibdi.

Ozodlik: Siz o‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?

Edvard Lukas: Menimcha¸ bu Putinning asl mohiyati ifodasi va u Medvedev prezidentligi davrida ancha pardalangan edi. Putin 2007 va 2008 yillarda G‘arb bilan munosabatlarning bir oz nazoratdan chiqqanini anglab¸ sal yumshoqroq yondashuv tutishga qaror qildi. Medvedev bu ishni yaxshi uddaladi va G‘arb bilan munosabatlar tugmasi qaytadan bosildi. Ammo Putin zehniyati mohiyatiga ko‘ra¸ aksil-G‘arb va u bosim ostida qolgan kezlarda¸ asl zehniyatiga qaytadi. Yaqin orada Putinning bunaqa chiqishlari ko‘paysa ko‘payadiki¸ kamaymaydi.

Ozodlik: Rossiya elitasining ayrim vakillari¸ xususan sobiq Moliya vaziri Aleksey Kudrin Putinga mamlakat iqtisodini neft va gazga qaramlikdan qutqarish uchun iqtisodni diversifikatsiya qilish va siyosiy tuzumni erkinlashtiruvchi islohotlar qilishni tavsiya etgan edi. Sizningcha¸ Putin bu tavsiyalarga quloq soladimi?

Edvard Lukas: Agar Putin islohot istaganida edi¸ 2000-2008 yillardagi cheklanmagan qudrat va puldan foydalanib¸ bu ishni qilgan bo‘lardi. Ammo u bu islohotlarni qilmadi. Undan keyin Putin o‘zini islohotchi qilib ko‘rsatishga urindan Medevedev prezidentligi davrida Bosh vazir bo‘ldi va amalda mamlakatni yana o‘zi boshqardi. Islohot yana bo‘lmadi. Shu bois¸ Putinning endi islohot qilishiga men ishonmayman.

Ozodlik: Putin Rossiyani qaysi yo‘ldan olib ketishini ilg‘ash uchun qanday ishoratlarga qarab turish lozim¸ deb o‘ylaysiz?

Edvard Lukas: Tashqaridan turib biz Putin yangi hukumatga kimlarni olib kelishiga qarab¸ nimalar bo‘lishini sal bo‘lsa-da¸ ilg‘ashimiz mumkin. Putin hukumatiga boshiyu fikrlari tsementlashgan dinozavrlar keladimi¸ yoki Kudringa o‘xshab¸ sirtdan bo‘lsa-da¸ liberallar keladimi?

Ammo asosiy kurash sahna ortida bo‘ladi¸ zotan Putin atrofi va Putin orqasidagilar o‘z manfaatini osongina boy berib qo‘yadigan emas. Bu odamlar tabiiy zahiralar va ma‘muriy tizimlar orqali o‘nlab milliard dollarni o‘zlashtirishga imkon beruvchi talonchilik mashinasi yaratdilar va ular bu mashinaning to‘xtatilishiga jim qarab turmaydilar.

Ozodlik: Putinga qarshi namoyishlar sekin-asta kuch yig‘ib bormoqda. Siz aytgan kabi¸ Putin va uning atrofidagilar ham og‘zidagi oshini oldirib qo‘yadigan xayolda emas. Bu ziddiyat qanday rivojlanishini kutish mumkin?

Edvard Lukas: Menimcha¸ ko‘p narsa alg‘ov-dalg‘ov bo‘ladi. Muxolifat Putindan ustun kelish darajasida kuchli emas. Rasmiylarda esa¸ bu norozilikni butunlay bostirish imkoni yo‘q. Rasmiylarning bu namoyishlar cho‘g‘ini bostirishiga ko‘zim yetmaydi. Men Rossiyada uzoq va tugallanmaydigan keskin urush davri boshlandi¸ deb o‘ylayman. Ochiq qolayotgan savol esa¸ hukumatdagilar bu urushdan chiqish uchun nima nag‘ma ko‘rsatadi¸ degan mazmundadir.
XS
SM
MD
LG