Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:14

Bahs maydoni: Putin g‘alabasidan mehnat muhojiri xursandmi?


Vladimir Putin yana iqtidorga kelgani Rossiyadagi mehnat muhojirlarining keyingi taqdiriga qanday ta‘sir qilishi haqida "putinchi" va "antiputinchi" o‘zbek mardikorlari bahslashadi.

Rossiyadagi prezidentlik saylovida Vladimir Putin g‘olib bo‘ldi.

Keyingi olti yil u mamlakatni boshqaradi. Rossiyaga har yili, mavsumiga qarab, 3 milliondan 7 milliongacha o‘zbekistonlik mehnat muhojiri boradi.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyadagi soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ularning erkin ishlashiga, haq-huquqlari himoya qilinishiga Putin hokimiyati davrida biror bir ijobiy holatga erishildimi?

Putinning yana prezidentlik kursisini egallashi mehnat muhojirlari hayotida bir ijobiy o‘zgarish yasaydimi yoki aksincha?

Bugungi bahs maydoni qatnashchilari ana shu mavzuda bahslashadi. Putin siyosati tarafdori, asli farg‘onalik, 34 yoshli Muhammad Yusupov fikricha, Putinning markaziy-osiyolik mehnat muhojirlari uchun xizmati katta. Zero, millionlab mehnat muhojirlari Rossiyada ishlab non topyapti.

Biroq, Muhammadning opponenti, 41 yoshli andijonlik Dilmurod Mirzayev bu fikrga qo‘shilmaydi. Unga ko‘ra, Putinning 12 yillik iqtidori davrida o‘zbekistonliklar haq-huquqlari poymol bo‘lgan tarzda qul sifatida ishlamoqdalar.

Muhammad Yusupov: Putin O‘rta Osiyodan kelgan mehnat muhojirlariga yordam berdi. Agar 90-yillarda Rossiyaga faqat savdogarlar kelib ishlagan bo‘lsa, bugun juda ham ko‘payib ketdik. Millionlab o‘zbekistonliklarning bola-chaqasini Putin boqyapti...

Dilmurod Mirzayev: Putin hokimiyatga kelganidan so‘ng, birinchi o‘rinda upravlyayemыy natsionalizm( boshqariladigan millatchilik-tahr.) degan narsani kuchaytirib yubordi. Ko‘p millatchilarga sharoit yaratildiki, hamma problemalarni mehnat muhojirlariga to‘nkab, oddiy xalqni bizlarga qarshi qilib qo‘ydi...

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG