Линклар

logo-print

Sobiq Sovet respublikalarining ba‘zilarida shaxsga sig‘inish fenomeni yillar davomida turmushning ajralmas qismi bo‘lib qolayotgani Stalin vafoti kunida bu savolni o‘rtaga tashlashimizga bahona bo‘ldi.

Iosif Stalin vafot etganiga 59 yil to‘ldi.

Stalinizmdan sobiq Sovet Ittifoqi kommunistlari rasman voz kechganiga 56 yil bo‘ldi.

Lekin rasman voz kechganlari bilan kommunistlar amalda stalinizmdan voz kecholmadilar va Stalin lagerlarida o‘lgan-o‘ldirilgan millionlab aristonning suyaklari ustiga qurilgan Sovet davlati oxir-oqibat parchalanib bitdi.

Bu parchalanish stalinizmdan batamom qutulishning tarixiy imkoniyati edi.

Bu imkoniyatdan o‘zbeklar foydalana oldimi?

Foydalana olgan bo‘lsa, bunga qanday erishdi?

Foydalana olmagan bo‘lsa, boisi nimada?

Shu va shu kabi boshqa savollar atrofida o‘tkazilgan Ozodlik gurungini tinglang.

Eshittirishda taniqli inson huquqlari himoyachisi Tolib Yoqubov va pedagog olim Abdulla Abduqodir o‘g‘li ishtirok etadi.

Gurungni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG