Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:04

Hafiza Mahmudova: O‘shda vaziyat ancha yumshagan


O‘shlik faol Hafiza Mahmudovaga ko‘ra, Qirg‘iziston janubida ikki millat o‘rtasidagi munosabatni yaxshilashda rasmiylar yanada ko‘proq g‘ayrat ko‘rsatsalar, maqsadga muvofiqroq bo‘lardi.
O‘shlik faol Hafiza Mahmudovaga ko‘ra, Qirg‘iziston janubida ikki millat o‘rtasidagi munosabatni yaxshilashda rasmiylar yanada ko‘proq g‘ayrat ko‘rsatsalar, maqsadga muvofiqroq bo‘lardi.

2010 yil iyunida qonli voqealarga sahna bo‘lgan O‘sh shahrida yashovchi o‘zbek va qirg‘iz ayollari o‘rtasidagi munosabatda ijobiy o‘zgarishlar bor.

Bu haqda o‘shlik faol ayollardan biri, “Ayollar tashabbus guruhi” vakilasi Hafiza Mahmudova 8 mart kuni Ozodlikka bergan suhbatida ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, joy-joylarda kuzatilayotgan maishiy ziddiyatlarga qaramay, ikki millatga mansub ayollar o‘zaro munosabatlarni o‘nglashga harakat qilmoqdalar. Biroq bu O‘shdagi vaziyat to‘laligicha izga tushib ketganidan darak bermaydi.

Hafiza Mahmudova bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG