Линклар

logo-print

Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovga Ashxobodda ilk haykal o‘rnatildi.

Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovga o‘rnatilgan ilk haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boshdan-oyoq oppoq rangda bo‘lgan haykalda Berdimuhammedov turkman milliy libosida bo‘lib, ot ustida o‘tirib, o‘ng qo‘lini balandga ko‘targan holatda tasvirlangan.

Haykal Ashxobod badiiy muzeyida o‘tkazilgan gullar ko‘rgazmasida jamoatchilikka namoyish qilingan.

Sobiq Turkmanboshi, marhum Saparmurod Niyozov ham tirikligidayoq o‘ziga 95 metrlik balandlikdagi oltin bilan qoplangan haykal o‘rnatgan edi.

Turkmanistonda 12 fevral kuni o‘tkazilgan prezident saylovida¸ Markaziy saylov komissiyasi Berdimuhammedov saylovchilarning 97,14 foiz ovozini olib, yetti nafar raqibi ustidan g‘alaba qozonganini e‘lon qilgan edi.

Qisqa muddat ichida o‘z salafi marhum Saparmurod Niyozov shaxsiga sig‘inish unsurlarini yo‘q qilgan Qurbonquli Berdimuhammedov¸ mustaqil kuzatuvchilarga ko‘ra¸ uning o‘rniga o‘z shaxsiga sig‘inishni kuchaytirmoqda.

Dunyo davlatlaridagi demokratiya va inson haqlari vaziyatini tadqiq qiladigan xalqaro tashkilotlar Turkmanistonni inson fundamental haqlari eng qo‘pol tarzda toptalayotgan Shimoliy Koreya bilan bir qatorga qo‘yib kelmoqda.

Bu yerda bir qancha omillar bor ekanligini ta‘kidlagan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov "Turkmanistonda shakllangan siyosiy madaniyat, ma‘lum bir siyosiy tafakkurni eslab o‘tish kerak" deydi.

Quyida Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG