Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:02

Uitni Hyuston sobiq eriga hech narsa vasiyat qilmagan


Chorshanba kuni amerikalik mashhur qo‘shiqchi Uitni Hyustonning vasiyatnomasi jamoatchilikka ma‘lum qilindi.

Vasiyatnomaga ko‘ra, xonanda o‘zining barcha puli va qimmatbaho buyumlari, mashina kabi moddiy boyliklarini 19 yoshli qizi Bobbi Kristinega vasiyat qilgan. Sobiq eri Bobbi Braunga esa hech narsa qoldirmagan.

Vasiyatnoma Kristine 21 yoshga to‘lgach kuchga kiradi.

Uitni Hyuston 11 fevral kuni Los Anjeles shahridagi Beverli Xilton mehmonxonasida 48 yoshida vafot etdi.

Hyuston 80 – 90-yillarda dunyodagi eng mashhur ayol qo‘shiqchilardan biri bo‘lgan.

Keyinroq giyohvandlikka ruju qo‘ygani va qo‘shiqchi Bobbi Braun bilan qurgan oilaviy hayoti ko‘ngildagidek bo‘lmagani uning obro‘siga putur yetkazgan.

Uitni Hyuston kuylagan "How Will I Know”, "Saving All My Love" va "I Will Always Love You" nomli qo‘shiqlar millionlab musiqa shaydolari qalbidan joy olgan.
XS
SM
MD
LG