Линклар

logo-print
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Facebook ni to‘sib qo‘ygani uchun Tojikiston hukumatini tanqid qilib, zudlik bilan ijtimoiy tarmoqqa kirish imkonini berishga chaqirdi.

YeXHTning matbuot erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Dunya Miyatovichning Tojikiston hukumatiga yo‘llagan maktubida, ijtimoiy tarmoqlarga to‘siq qo‘lishi bu mamlakatda ilk bor bo‘layotganini aytilib, ayni holat boshqa takrorlanmasliga umid bildiriladi.

Shuningdek, maktubda Internet bahslashuv va fikr almashinuvi uchun erkin maydon bo‘lib qolishi zarurligi haqida aytiladi.

3 martdan boshlab Tojikistonda Zvezda.ru, Tjknews.com va Maxala.org saytlari bilan bir qatorda Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ham to‘siq qo‘yilgani xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG