Линклар

Markazi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti 12 mart kuni jahondagi "Internet dushmanlari" ro‘yxatini e‘lon qildi.

Har yili Internet tsenzurasiga qarshi kurash kuni - 12 martda e‘lon qilinadigan bu ro‘yxatdan O‘zbekiston yana joy oldi.

2012 yilgi Internet dushmanlari ro‘yxatiga O‘zbekistondan tashqari Bahreyn¸ Belarus¸ Birma¸ Xitoy¸ Kuba¸ Eron¸ Shimoliy Koreya¸ Saudiy Arabistoni¸ Suriya¸ Turkmaniston va V‘etnam kabi 12 davlat kiritilgan.

2011 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi arab davlatlaridagi xalq isyonining ijtimoiy tarmoqlar orqali muvofiqlashtirilganidan qo‘rqqan bu davlatlar¸ xususan O‘zbekiston¸ Internet ustidan nazoratni¸ faol Internet foydalanuvchilarni ta‘qib qilishni yanada kuchaytirdi¸ deyiladi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti bayonotida.

Tashkilotga ko‘ra¸ o‘tgan bir yil davomida O‘zbekiston hukumati Internetdagi mustaqil va muxolif sahifalarni to‘sishda avvalgi yillardanda faollashgan. Buning oqibatida yil davomida hatto 2011 yilga qadar to‘siqsiz kelgan Regnum va Lenta.ru kabi Rossiya¸ AP, Reuters va AFP kabi ayrim xalqaro axborot agentliklari sahifalari ham to‘sib qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG