Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:23

O‘zbekiston ShHTning harbiy mashqlarida ishtirok etmaydi


O‘zbekiston Shanxay hamkortik tashkilotining (ShHT) “Tinchlik Missiyasi-2012” deb nomlangan Tojikistonda iyun oyida bo‘ladigan harbiy mashqlarida qatnashmaydi.

Buni Ozodlikka Tojikiston Mudofaa vazirligi ma‘lum qildi.

Vazirlik matbuot kotibi Faridun Mahmadaliyevga ko‘ra, Tojikiston shimolidagi Choruqdagon harbiy poligonida o‘tkaziladigan aksil terror mashqlarda O‘zbekistonning ishtirok etmasligi ShHTga a‘zo davlatlar harbiy vakillarining o‘tgan haftadagi uchrashuvida tasdiqlangan.

Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a‘zo bo‘lgan tashkilotning harbiy mashqlarida O‘zbekiston qo‘shinlarining ishtirok etmasligi sababi ma‘lum qilinmadi.

O‘zbekiston avval ham ShHTning harbiy mashqlarida qatnashmagan. O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p yillardan beri tarang bo‘lib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG