Линклар

logo-print

Moskva shahar Tergov qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston elchixonasiga qarashli avtomobil haydovchisining 16 yoshli o‘g‘liga nisbatan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Voyaga yetmagan asli moskvalik bu yigit qo‘shnisining 17 yoshli o‘g‘liga 250 ming rubl evaziga O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimining haqiqiy guvohnomasini "to‘g‘rilab berishni" va‘da qilgan.

Gumonlanuvchi bu guvohnoma Moskva politsiyasi va boshqa huquq-tartibot xodimlari bilan “muloqot qilishda” yordam berishi mumkinligini aytgan. U, shuningdek, O‘zbekiston Xavfsizlik xizmati hujjati bilan aldangan ayolning o‘g‘li harbiy xizmatga chaqirilmasligiga ham ishontirgan.

16 yoshli o‘smir jabrdiyda ayolga otasi O‘zbekiston elchixonasida katta lavozimda ishlashi va bu hujjatni rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatishini aytgan. So‘ralgan pulni bergan 33 yoshli bu ayol va‘da qiligan MXX xodimi guvohnomasi tayyor bo‘lishini bir yil davomida kutgan, biroq aldanganini tushunib politsiya bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Bir necha soatdan keyin operativ xodimlar Shirokaya ko‘chasida bu shaxsni qo‘lga olgan. U haqiqatan moskvalik ekani, otasi O‘zbekiston elchixonasida oddiy haydovchi bo‘lib ishlashi aniqlangan.

Politsiyaning xabar qilishicha, bu yigitcha O‘zbekiston elchixonasi joylashgan manzilga yaqin bo‘lgan Bolьshaya Polyanka ko‘chasida ota-onasi bilan yashab kelgan. O‘tkazilgan tintuv davomida elchixona haydovchisining uyida firibgarlik bilan olingan pul va jabrlanuvchi ayolning o‘g‘liga tegishli fotosurat musodara qilingan.

Ayblanuvchi tilxat asosida tergov tugaguniga qadar ozodlikka chiqarib yuborildi.

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasidan mazkur hodisa yuzasidan izoh olib bo‘lmadi.
XS
SM
MD
LG