Линклар

logo-print
Namangan viloyatida 2011 yilda 30 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va 19 nafar kotib nafaqa pulini talon-taroj qilishda aybdor deb topilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “Huquq” gazetasining 8 mart kungi sonida xabar qilindi.

Viloyatda 127 million so‘mlik bolalar nafaqasini o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Prokuratura idorasi fuqarolarning nafaqa so‘rab qilgan murojaatlarini asossiz rad etish, sansalorlikka solish va ta‘magirlik davom etayotganidan ogohlantiradi.

Tahlillarga ko‘ra, Namanganda o‘tgan yilda o‘g‘rilik jinoyati 35,4 foizga ko‘paygan. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, voyaga yetmagan bolasi bor muhtoj oila vakillariga bitta farzand uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi, ikkita farzand uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi, uch va undan ko‘p farzand uchun eng kam oylik ish haqining 140 foizi miqdorida nafaqa puli ajratiladi.

Shuningdek, ishlamayotgan ona farzand parvarishi uchun bola soni va ish stajidan qat‘i nazar, eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida nafaqa olishga haqli (O‘zbekistonda 2011 yilning 1 dekabridan eng kam oylik ish haqi – 62920 so‘m).

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga nafaqa tayinlash vakolati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, ya‘ni mahalla fuqarolar yig‘inlariga berilgan.

Mahalla raislari nafaqa tayinlash va berish paytida ta‘magirlik qilishi hollari tez-tez uchrab turadi.
XS
SM
MD
LG