Линклар

Toshkent shahri Mirobod tuman xokimi Ashrabxon Toshxo‘jayev rafiqasining qotillari Toshkent Yuridik institutining ikki talabasi ekani aytilmoqda.

Joriy yilning 10 mart kuni Toshkentning Mirobod tumani hokimi Ashrabxon Toshxo‘jayevning Yunusobod tumanidagi xonadonida qotillik sodir etildi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, o‘sha kuni Ashrafxon Toshxo‘jayevning 49 yoshli rafiqasi noma‘lum shaxslar tomonidan o‘z uyida pichoqlab, o‘ldirilgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, qotillik yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shahar prokuraturasidan bu borada biror ma‘lumot olish imkoni bo‘lmadi.

Mirobod tuman xokimligining o‘zini tanishtirmagan xodimiga ko‘ra, qotillikni sodir etganlikda gumonlanib, Toshkent Davlat Yuridik institutining ikki talabasi qo‘lga olingan.

Hokimlik xodimi voqea tafsilotlariga ham to‘xtaldi.

“Shanba kuni Yuridika institutining ikki talabasi “Biz RayGAZdanmiz” deb Ashrafxon Toshxo‘jayevning uyiga kelishgan. Kennoyi “uyda hech kim yo‘q” desa, haligi ikki kishi uyga bostirib kirib, kennoyini pichoqlashgan. Ular oldindan rejalashtirganda buni. Hech narsa o‘g‘irlashmagan. Uyda kelini bo‘lgan. U chiqib qolib, baqirib-chaqirib, yordam so‘ragan. Qo‘shnilar yugirib chiqqach, qotillar qochib ketgan”, dedi Mirobod tumani xokimligining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Hokimlik xodimiga ko‘ra, Yuridik institutning talabalari ekani aytilayotgan ikki yigit uzoqqa bormasdan, qo‘lga olingan.

Toshkent Davlat Yuridik institutidan voqea yuzasidan ma‘lumot ololmadik.
Hozirda qotillik motivlari noma‘lum qolmoqda.

Ayni paytda, shu kunlarda mamlakatdagi talabalar orasida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida muloqat soatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA ma‘lumotiga ko‘ra, Guliston davlat universitetida 3000 dan ziyod talaba ishtirokida “Talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan muloqat soatida talabalar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish mavzusida gapirilgan.
XS
SM
MD
LG