Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:53

"O‘zbekko‘mir" raisi ishdan haydaldi


Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 1,9 milliard tonnaga teng ko‘mir zahiralariga ega.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 1,9 milliard tonnaga teng ko‘mir zahiralariga ega.

"O‘zbekko‘mir" ochiq aktsiyadorlik jamiyati Bosh direktori Hamroqul Xursanovning 9 mart kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq lavozimidan bo‘shatilgani aytilmoqda.

56 yashar Hamroqul Xursanovning ishdan chetlatilishi xizmat faoliyati davrida ko‘lab xatolarga yo‘l qo‘ygani hamda qimmatbaho xomashyo bo‘lgan ko‘mir sanoatini rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsata olmagani bilan izohlanmoqda.

Aktsiyadorlik jamiyati xodimasi Xursanovning keyingi taqdiri borasida hech nima ayta olmasligini bildirdi.

Asli surxondaryolik Hamroqul Xursanov "O‘zbekko‘mir" ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga 2007 yildan beri rahbarlik qilib kelgan.

Mustaqil manbalarga ko‘ra, mamlakat bosh ko‘mirchisining iste‘fosi sabablari bu yilgi qishning qattiq kelishi va bevosita energetik resurslar taqchilligi bilan bog‘liqdir. Ayni kunlarda joylarda tashkil etilyotgan ko‘mir bazalarini xomashyo bilan ta‘minlashdagi uzilishlar ham "O‘zbekko‘mir"dagi tashkiliy islohotga sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirda "O‘zbekko‘mir" korxonasida Bosh muhandis bo‘lib ishlab kelayotgan Yuriy Krivenko vaqtinchalik rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Tashkilotning o‘z ismini aytmaslikni ma‘qul ko‘rgan xodimiga ko‘ra, Dnepropetrovsk tog‘-kon institutini bitirgan Krivenko o‘z ish faoliyatini Angren ko‘mir konida boshlab, barcha oraliq mansab instantsiyalarini bosib o‘tgan. 55 yoshli Krivenko “Ko‘mir konlarining ochiq havoda ishlab chiqarish kompleks mexanizatsiyasi va texnologiyasi” bo‘yicha ilmiy darajaga ega.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 1,9 milliard tonnaga teng ko‘mir zahiralariga ega. Prognoz resurslari esa 5,7 milliard tonnani tashkil etadi. Ko‘mir zahiralari Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida to‘plangan. Ko‘mir iste‘molining 85 foizdan ortig‘ini elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasi tashkil etadi.

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish bilan “O‘zbekko‘mir” aktsiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi to‘rt korxona - “Angren ko‘mir koni”, “Apartak”, “Sharg‘unko‘mir” hamda “Erosiyogaz” korxonalari shug‘ullanadi.

“Ozodlik” manbalariga ko‘ra, oddiy ko‘mirning bir kilogrammi chakana narxi O‘zbekiston bozorlarida 70 so‘mdan 90 so‘mgacha. Birjadagi narxi esa 50 so‘m (tonnasi) atrofida.
XS
SM
MD
LG