Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:06

Tog‘li Qorabog‘ mavzuidagi filmlar taqiqlandi


Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga oid masalada O‘zbekiston Ozarbayjon hududiy yahlitligi pozitsiyasini yoqlaydi.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga oid masalada O‘zbekiston Ozarbayjon hududiy yahlitligi pozitsiyasini yoqlaydi.

O‘zbekistonda taqiqlangan filmlar ro‘yxatiga Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga bag‘ishlangan 7 ta kartina qo‘shildi.

Hujjatli filmlar O‘zbekiston hukumati pozitsiyasiga teskari bo‘lgani sababli taqiqqa uchragani aytilmoqda.

“O‘zbekkino” milliy agentligi huzuridagi ekspert baholash komissiyasi 2012 yil 23 fevralda qabul qilgan qarorga ko‘ra, “Yuksakliklar, umidlar” (“Visoti, nadejdi”), “Qorabog‘da tong otadimi” (“Budet li utro nad Karabaxom”), “Hayot va o‘lgan azizlarim” (“Dorogiye moi, jivie i mertvie”), “Qorabog‘ hasrati” (“Rani Karabaxa”), “Zamin askarlari” (“Soldati svoyey zemli”), “Sukunat” (“Zatishe”), “E‘tiqod va ruh” (“Vera i dux”) filmlarini namoyish etish, ko‘paytirish va sotish tavsiya etilmaydi.

Mamlakatda amalda bo‘lgan qoidaga muvofiq, “tavsiya etmaslik” rasmiy taqiqni anglatadi.

O‘tgan o‘yda tasdiqlangan ro‘yxatga tushib qolgan hujjatli filmlar Bolgariyada yashab ijod qiluvchi arman jurnalisti Tsvetana Paskaleva tomonidan suratga olingan.

Mahalliy kinoshunoslardan birining aytishicha, muallif Ts. Paskaleva Tog‘li Qorabog‘ mojarosini yoritishda oshkora Armaniston tomonini olgani bois filmlari qora ro‘yxatga tushgan.

Ozarbayjonning ayirmachi Tog‘li Qorabog‘ o‘lkasi ustida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida 1990 yillarda chiqqan nizoda minglab odam qurbon bo‘lgan.

Rasmiy Boku va Yerevan ushbu masalada ko‘p yillardan beri o‘zaro til topisha olmayotir. O‘zbekiston esa bu borada Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini saqlab qolishni dastaklaydi. O‘zbekiston 2008 yilda Ozarboyjon tashabbusi bilan BMT Bosh Assamleyasi muhokamasiga qo‘yilgan Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan.

O‘zbekistonda hukumat pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan yoki jamiyat ma‘naviyatiga daxl qiluvchi deb hisoblangan filmlarni taqiqlash yangilik emas. “O‘zbekkino” milliy agentligi huzuridagi baholash komissiyasi hozirga qadar 1045ta filmni “respublika hududida namoyish etish, ko‘paytirish va sotish tavsiya etilmaydi” deya xulosa bergan.

"O‘zbekkino" milliy agentligi, mamlakat hududida namoyish etish taqiqlangan filmlar ro‘yxatini yangilab turadi. 2010 yilda e‘lon qilingan ro‘yxatda 473 film, jumladan britaniyalik taniqli komik artist Sasha Baron Koen suratga olgan "Borat: Shuhratli Qozog‘iston davlati foydasi uchun Amerika madaniyatini o‘rganish" filmi ham bor edi.

Rasmiylar filmlar taqiqini o‘zbek tomoshabinini milliy zehniyatga zid holatlardan muhofaza qilish maqsadi bilan izohlaydi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22 fevralidan milliy mentalitetga zid degan vaj bilan O‘zbekiston telekanallari orqali turk seriallari namoyishi to‘xtatilgan.

2011 yilning oktyabrida esa aktyor va rejissyor Farrux Soipovning diniy radikal guruhga aloqadorlikda ayblanishi ortidan uning “Nafs” filmi ekrandan olingan edi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan “Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish qoidalari”ga ko‘ra, xoh milliy, xoh xorijiy kinostudiya mahsuloti bo‘lsin, har qanday film “O‘zbekkino” milliy agentligi ruxsati berilgandan keyingina namoyish etilishi mumkin. Agentlik badiiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, multiplikatsion kinovideofilmlar bo‘yicha davlat ro‘yxat daftarini yuritadi.
XS
SM
MD
LG