Линклар

logo-print
O‘zbekiston chegarachilari Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘tkazgan maxsus amaliyot davomida kontrabandachilardan 29 kilogramm geroinni qo‘lga tushirdi.

O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmatining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga chegaradosh hududdagi voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Qo‘mita ma‘lumotiga ko‘ra, 2011 yilda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida 222 kilogramm geroin qo‘lga tushirilgan. Bu 2010 yilda musodara qilingan 84 kilogramm geroindan ancha ko‘p.

2012 yil yanvar oyida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 5.5 kilogramm giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tishga uringan surxondaryolik Obid Kurugliyev ismli shaxsni qo‘lga olgan edi.

Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘onistonda yetishtiriladigan giyohvandlik moddalarini Rossiya va Yevropaga noqonuniy olib o‘tishda bangfurushlar uchun asosiy tranzit yo‘l hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG