Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:58

Suriyada isyonlar boshlanganiga bir yil to‘ldi


Suriyada prezident Bashar Al-Assad rejimiga qarshi ommaviy noroziliklar boshlanganiga 15 mart kuni bir yil to‘ldi.

BMT ma‘lumotiga ko‘ra, 2011 yil mart oyidan beri Suriyada kamida sakkiz ming kishi, asosan tinch aholi vakillari o‘ldirilgan.

230 ming aholi o‘z uylarini tashlab boshqa mintaqalarga ko‘chishga majbur bo‘lgan, 30 ming suriyalik mamlakatni tark etgan.

Armiya qismlari to‘plardan o‘qqa tutishiga qaramasdan Homs, Deraa va Idlib kabi shaharlarda isyonchilar hukumat kuchlariga qattiq qarshilik ko‘rsatmoqda.

Sobiq BMT Bosh kotibi hozirda BMT-Arab Ligasining Suriya bo‘yicha vakili bo‘lgan Kofi Annan zo‘ravonliklarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG