Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:51

O‘zbekistonda CA-News agentligi sayti qisman to‘sib qo‘yildi


O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati CA-News saytining asosan O‘zbekistonga oid maqolalari to‘sib qo‘yildi.

Agentlikning yozishicha¸ O‘zbekiston ichkarisida saytning bosh sahifasiga kirish mumkin¸ ammo O‘zbekiston mavzuidagi eng ko‘p o‘qilgan va tanqidiy maqolalarga kirishga urinilganda¸ mushtariyga bunday sahifaning yo‘qligi haqidagi ogohlantiruv chiqmoqda.

Bu saytga ham aylanma yo‘llar orqali kirish imkoni hamon saqlanib qolmoqda.

Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni yoritib boruvchi Ozodlik¸ BBC, Farg‘ona.ru va Uznews.net kabi mustaqil axborot agentliklari va muxolifat saytlari yillardan beri O‘zbekistonda to‘sib qo‘yilgan.

12 mart – Internet tsenzurasiga qarshi xalqaro kurash kunida e‘lon qilingan so‘nggi hisobotida Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti O‘zbekistonni dunyodagi “Internet dushmanlari” ro‘yxatiga qo‘shdi.
XS
SM
MD
LG