Линклар

Toshkentdagi “Jar” stadionida O‘zbekiston va BAA olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol o‘yini 3:2 hisobida O‘zbekiston futbolchilari mag‘lubiyati bilan tugadi.

2012 yil Londonda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishi shart edi¸ ammo ikkinchi taym boshida 2:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan O‘zbekiston jamoasi ilg‘orlikni o‘z raqibiga boy berib qo‘ydi.

Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi Toshkentdagi g‘alabadan so‘ng Londonga yo‘llanma oldi va o‘z tarixida ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonning Londonga yo‘llanma olish imkoni hamon saqlanib qolmoqda va endilikda play-off o‘yinida g‘alaba qozonsa¸ Olimpiadaga chiqishi mumkin. Pley-off bahslari Vetnamda o'tadi va unda Suriya, Ummon va O'zbekisston olimpiya terma jamoari qatnashadi.

O'zbekiston jamoasi birinchi pley-off o'yinini Suriyaga qarshi 25 mart kuni o'tkazadi. Ummon bilan esa Vadim Abramov shogirdlari 29 mart kuni uchrashadilar. Eslatamiz, pley-off o'yinlarida eng ko'p ochko to'plagan jamoa Afrikaning to'rtinchi jamoasi hisoblanmish Senegal bilan Angliyada uchrashadi. Ushbu uchrashuv g'olibi Londonga yo'l oladi.
XS
SM
MD
LG