Линклар

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Kaliforniya shtatida o‘tayotgan "ATR Masters" turnirida dunyoning beshinchi raketkasi, ispaniyalik David Ferrerni mag‘lubiyatga uchratdi.

6:4 va 6:3 hisobi qayd etilgan o‘yin 1 soat 15 daqiqa davom etdi.

Hozir dunyo reytingida ellik birinchi raketka bo‘lgan Istomin chorak finalga chiqish uchun to‘qqizinchi raketka bo‘lgan argentinalik Xuan Martin del Potroni yutishi kerak.

Potro oxirgi o‘yinda 19-raketga bo‘lgan ispaniyalik Fernendo Verdaskoni yutdi.

"ATR Masters" turnirining mukofot puli 5,5 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG