Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:18

Futbol: O‘zbekiston pley-offda Suriya va Ummon bilan o‘ynaydi


O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 25-29 mart kunlari Vyetnamda pley-off turnirida ishtirok etadi.

O‘zbekistonning kechagi o‘yinda BAA jamoasiga 3:2 hisobida g‘alabani boy berishi orqali Londonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkonini qo‘ldan chiqardi, biroq play-off o‘yinlarida g‘alaba qozonsa¸ Olimpiadaga chiqishi mumkin.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, pley-off turnirida O‘zbekiston Suriya va Ummon jamoalari bilan uchrashadi.

25 martda Ummon va Suriya uchrashsa, 27 martda O‘zbekiston Suriya bilan, 29 martda esa Ummon jamoalari bilan o‘ynaydi.

Uch jamoadan eng yaxshi ko‘rsatkich olgan guruh 23 aprel kuni Angliyaning Koventri shahrida yakuniy pley-off o‘yinida Afrikaning Senegal jamoasiga qarshi maydonga chiqadi va g‘olib jamoa London Olimpiadasi ishtirokchisiga aylanadi.
XS
SM
MD
LG