Линклар

logo-print
O‘zbekiston hukumatini hokimiyatdan ag‘darishni maqsad qilgan janggari guruh a‘zosi ekani taxmin qilingan shaxs AQShning Filadelfiya shahrida qo‘lga olindi.

45 yashar Baxtiyor Jumayev AQSh Davlat departamentining terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan Islomiy jihod ittifoqini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Jumayev shu kabi ayblov bilan yanvar oyida Chikago shahrining xalqaro aeroportida qo‘lga olingan Jamshid Muxtorovning yaqin do‘sti bo‘lgan.

AQSh prokurorlari Muxtorov Islomiy jihod ittifoqi nomidan kurash olib borish uchun xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olinganini aytgan.

Frans Press axborot agentligi xabariga ko‘ra, agar aybdor deb topilsa, Baxtiyor Jumayev 15 yilga qamoq jazosiga hukm qilinishi va 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG