Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:37

Qandahordagi qotillikda gumonlangan harbiyning ismi oshkor qilindi


Rasmiy Vashington Qandahordagi qotillikda gumonlanayotgan harbiyning ismi-sharifini oshkor qilib, bu 11 yildan buyon harbiy kuchlar safida xizmat qilayotgan 38 yoshli serjant Robert Beyls ekanini ma‘lum qildi.

Beylsga hali ayblov e‘lon qilinganicha yo‘q.

Beyls juma kuni Quvaytdan AQShning Kanzas shtatidagi harbiy qamoqxonaga olib ketildi.

38 yoshli Beyls oilali bo‘lib, ikki bolaning otasi ekani aytilmoqda.

Shuningdek, u snayper sifatida harbiy tayyorgarliklardan o‘tgan, uch muddat Iroqda xizmat qilgan Beyls urush amaliëtlari davomida ikki marta jarohatlangan.

1 mart kuni Beylsning advokati Jon Henri Braun¸ o‘z mijozi Afg‘onistondagi urushga borishni istamaganini bildirib, qo‘mondonlik uning oilasiga boshqa urush hududiga yuborilmasligini va‘da qilgani haqida gapirdi.

- Unga boshqa jangga yuborilmasligini aytishgan. Oilasi ham shunga ishonib turgan. Unga va oilasiga askarning Yaqin Sharqdagi harbiy xizmati tugagani aytilgan¸ ammo bu va‘da bir kechada o‘zgartirilgan. Bunday o‘zgarishdan na u va na uning oilasi xursand bo‘lgan¸ dedi advokat Jon Henri Braun.

Advokatga ko‘ra¸ askarning oilasi qotillik haqidagi xabardan dahshatga tushgan va uning musulmonlarga nisbatan hech qanday adovati bo‘lmaganini bildirgan.

Advokat Beylsning alkogol¸ stress va oilaviy muammolar bois bunday zo‘ravonlikka qo‘l urgani haqidagi iddaolarni ham rad qildi.

Qandahordagi bu qotillik Afg‘onistondagi aksil-amerika hissiëtlarini kuchaytirib yubordi.

Prezident Karzay shu munosabat bilan NATO qo‘shinlaridan afg‘on qishloqlaridan chiqib ketishni so‘radi.

Bu qotillik uchun o‘ch olishdan tahdid qilaëtgan Tolibon janggarilari esa¸ 16 mart kuni AQSh rasmiylari bilan Qatarda boshlangan dastlabki muzokaralar to‘xtatilganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG